Qamchiq dovonida yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Qamchiq dovonida yuk mashinasi kyuvetga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 17 yanvar kuni soat 16:55 da «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 195-kilometrida «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi kyuvetga ag‘darilib ketgan.

Voqea joyiga 2-mexanizatsiyalashgan nazorat-tergov guruhining 4 nafar qutqaruvchisi va «Chinor» posti xodimlari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.

Haydovchi va bir yo‘lovchi salonda bo‘lgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar