O‘zbekistondagi OTMlarda ta’lim shakli 24 yanvardan bir oy davomida onlayn shaklda olib boriladi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) 2022 yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.
«Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn ta’lim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.
Temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolish va 2022 yil 24 fevralga qadar avia va temir yo‘l chiptalarini bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, 21 yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!
Shu o‘rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yo‘l chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq bo‘lgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni so‘raymiz!», – deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi