
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.” MCHJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga yuborishni 3 500 AQSH dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MCHJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon ViloyatiMCHJ RahbariFiribgarlik JinoyatiPora BerishTergov HarakatlariChet Davlatga Ishga Yuborish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar