
Foto: Telegram / «Xavfsizlik»
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.U.ning (1977 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasi hududida joylashgan yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xufiyona joyga yashirib qo‘yilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 436 dona Redmi Note 10s uyali telefon apparatlari borligi aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Q.U. umumiy qiymati qariyb 935 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur telefon apparatlarini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iziston fuqarosidan olgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda Q.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona ViloyatiO‘zbekiston Qirg‘izistonNoqonuniy TovarlarJinoyat KodeksiTelefon ApparatiDavlat Chegarasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar