12:36 / 26.01.2022
952

Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya «Ohangaronsement»ni sotib oldi

Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya «Ohangaronsement»ni sotib oldi
USM Group tarkibiga kiruvchi Akkerman Cement CA kompaniyasi «Ohangaronsement» zavodining 98,6 foiz aksiyalarini sotib oldi. Bu haqida Akkermann Cement matbuot xizmati xabar berdi.

«Ohangaronsement»ga kiritilayotgan sarmoya birinchi navbatda USM’ning asosiy aksiyadori Alisher Usmonovning vatani bo‘lgan O‘zbekistonni rivojlantirishga qaratilgan. Bu yerdan olinadigan barcha foyda O‘zbekistonda qoladi va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratiladi» — deydi Akkermann Cement kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Anton Selyavko.

Akkermann Cement brendi ostida birlashgan kompaniyalar Rossiyaning USM xoldingi tarkibiga kiradi. Bu xoldingni asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonov hisoblanadi.

2021 yilda Akkermann Cement CA 4 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqardi. Kompaniyaning asosiy aktivlari qatoriga «Ohangaronsement» ham qo‘shildi.

2021 yil oxirida «Ohangaronsement» yiliga 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi liniyasini ishga tushirdi. Akkermann Cement CA ushbu zamonaviy liniyalarni samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega.

«Ohangaronsement» haqida
«Ohangaronsement»ga XX asrning o‘rtalarida asos solingan. 1970 yillarda kombinatga, 1980 yillarda esa ishlab chiqarish birlashmasiga aylangan. 1994 yilda zavod xususiylashtirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

Korxonaga uzoq vaqt davomida Zeromax egalik qilgan va Rossiyaning «Yevrosement»i 2006 yilda 75,5 foiz aksiyasini sotib olgan. Keyinchalik ushbu ulush 83,9 foizga qadar oshirilgan.

2014 yilda korxona muammolarga duch kelgan — hozirda faoliyati tugatilgan Davlat raqobat qo‘mitasi 1994 yildagi xususiylashtirishni noqonuniy deb topishni talab qilgan, Toshkent viloyati iqtisodiy sudi zavodning mulki va bank hisobraqamlariga taqiq qo‘ygan.

Bundan tashqari, korxonadan soliqlarni to‘lash talab etilgan. Bir nechta sud eshituvlari va apellyatsiyalardan so‘ng tomonlar masalani kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan.

«Ohangaronsement» mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchilar qatoriga kiradi, shuningdek, bozordagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

2019 yil yakunlariga ko‘ra, zavodning sof foydasi 179,8 milliard so‘mni tashkil etgan, 2020 yilning 9 oyida esa 187,1 milliard so‘m, 2021 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha — 24,8 milliard so‘m.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya «Ohangaronsement»ni sotib oldi