17:33 / 28.01.2022
942

O‘zbekistonda Hindiston klinikalari tarmog‘i kengaytiriladi

O‘zbekistonda Hindiston klinikalari tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 27 yanvar kuni videoanjuman shaklida o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida, jumladan, Hindiston bilan ta’lim va sog‘liqni saqlash sohlarida faol hamkorlik qilish orqali Hindistonning ilg‘or tajribasi, bilim va texnologiyalarini keng joriy qilish asosida inson kapitalini rivojlantirish haqida fikr bildirdi.

Keyingi yillarda hindistonlik hamkorlar bilan birgalikda mamlakatimizda qator zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etildi. Bunday klinikalar tarmog‘ini Hindiston yetakchi tibbiy universitetlarining O‘zbekistondagi filiallari negizida yanada kengaytirish niyatidamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yurtimiz rahbari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Hindiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida farmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish, vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olishni jadallashtirish, virusolog vrachlar tayyorlash dasturini boshlash hamda Ibn Sino risolalari asosida zamonaviy sog‘liqni saqlash yutuqlarini to‘ldirib turadigan an’anaviy tibbiyot usullarini joriy qilishni muhim deb hisoblashini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu tashabbuslarni tizimli amalga oshirish maqsadida har yili “Hindiston – Markaziy Osiyo” sog‘liqni saqlash forumini o‘tkazishni taklif qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Hindiston klinikalari tarmog‘i kengaytiriladi