Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Toshkent hayvonot bog‘i Yirtqichlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromov bog‘da 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi.
Xodimning ta’kidlashicha, bu holat bog‘ tarixidagi birinchisi. «Hayvonot bog‘i ochilganiga 24 yil bo‘lgan bo‘lsa, shu bog‘da 23 yildan beri ishlayman. Bunaqa holat bo‘lmagan, birinchi marta kuzatildi.
O‘zi erkak ayiq bu. Aslida erkak ayiq hatto o‘zini bolalari uchraganda yeb qo‘yib, o‘ldiradigan darajada bo‘ladi. Lekin Allohning marhamati deymiz, hatto boshi qonagan holatda ham ayiq qizchaga tegmadi va bu yerdagi xodimlar tezgina non va shunga o‘xshash yeguliklar bilan ayiqni chalg‘itib, uzoqlashtirdi.
Ayiq 2 daqiqa ichida o‘zini ichki xavfsiz qafasiga kirib ketdi. Lekin bu ayiqlar unday xavfsiz emas. Qo‘lga o‘rgatilgan degani bilan baribir bu yirtqich», – deydi Nodir Bahromov.
Ma’lum qilinishicha, ayiq 2016 yil tug‘ilgan, 2017 yil chamasi 2 yoshligida Bokudan olib kelingan.
«Qo‘lda boqilgan ayiq ekan, biz ham qo‘ldan chiqarmaslik uchun harakat qildik. Biz hamma yirtqich jonivorlarni qo‘l bilan ushlab bo‘lmagani uchun ularni buyruqlar asosida vazifalarni bajarishga harakat qilamiz», – deydi Bahromov.
Nodir Bahromov qizning shifoxona xarajatlari hayvonot bog‘i hisobidan qoplab berilishini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qizchaning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.
«U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida», — deyiladi SSV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi