Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi va shahar IIBB bilan hamkorlikda poytaxt tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi.
Natijada Chilonzor, Olmazor, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlarida faoliyat yurituvchi dorixonalar egalari va xodimlaridan iborat jami 18 nafar shaxs kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Xususan, Mirobod tumanida joylashgan dorixonalardan birida noqonuniy sotilayotgan 399 dona «Zardeks», 49 dona «Karbamazepin-FS» va 20 dona «Tebantin» dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Chilonzor tumanidagi dorixonalarning birida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida esa 2080 dona «Karbamazepin-FS», 434 dona «Regapen», 265 dona «Zardeks», 244 dona «Tropikamid» dori vositalari musodara qilindi.
Shuningdek, bunday dori vositalarini Toshkent shahriga olib kelib, tarqatish hamda sotish bilan shug‘ullangan 22 nafar shaxs ham qo‘lga olindi.
Xususan, Mirobod tumanidagi mehmonxonalarning birida o‘tkazilgan tezkor tadbirda namanganlik 2 nafar fuqaro joylashgan xona ko‘zdan kechirilganda, unda 3690 dona «Zardeks» dori vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxslarga bu turdagi dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan ikki fuqaro ham qo‘lga olinib, ulardan
1 gr. «gashish», 2 dona «Zardeks», 3 dona «Karbamazepin-FS», 4 dona «Tropikamid» va 46 dona «Regapen» olib qo‘yildi.
Poytaxt hududida kuzatilgan yana bir holatda esa 1989 y.t. fuqaro 10.000 dona «Zardeks» dori vositasini 6000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 5571 dona «Regapen», 14522 dona «Zardeks», 2132 dona «Karbamazepin-FS», 1162 dona «Tropikamid», 22 dona «Tebantin» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Xorijda ishlab chiqarilgan ushbu dori vositalari kontrabanda yo‘li bilan qo‘shni davlatlar hududidan mamlakatimizga olib kirilgan.
Ta’kidlash lozimki, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan ushbu fuqarolar orasida muqaddam bu turdagi qonunbuzarliklarni sodir etganliklari uchun qidiruvda bo‘lgan hamda giyohvand moddalar iste’moliga ruju qo‘ygan shaxslar ham bor.
Hozirda mazkur shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!