
Foto: O‘zA
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmalari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuman bo‘limlarining birida bo‘linma boshlig‘i lavozimida ishlovchi katta leytenant K.N.ning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, respublikamizda yuzaga kelgan elektr energiyasi va yonilg‘i tanqisligi oldini olish uchun ishchi guruh tuzilib, narx-navo nazoratga olingan. FVB xodimi favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlarni ijobiy hal qilib berish evaziga mahalliy tadbirkordan doimiy ravishda shaxsiy avtomobiliga yoqilg‘i quydirib, pul mablag‘larini pora tariqasida olib kelgan.
Joriy yilning 28 yanvar kuni K.N. tadbirkordan 1 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini pora sifatida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar