1 998
«U bilan birga yurib yetolmasdik, jismonan juda baquvvat inson edi» — Sobiq hokim Islom Karimov haqida
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritgan sobiq hokimlardan biri 75 yoshli Yazdurdi Safarov «Daryo» muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida gapirib berdi.
Qashqadaryoning sobiq Bahoriston (ayni kundagi Mirishkor) tumanida 1991—1995 yillarda rahbarlik qilgan Yazdurdi Safarov, marhum prezident Islom Karimov O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlaganidan avval ham u bilan birga faoliyat yuritganini, Islom Karimov qattiqqo‘l rahbar bo‘lish bilan birga, qo‘l ostidagilarni himoya qilishga odatlanganini ham aytib o‘tdi.
«Islom aka O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan paytlar, adashmasam 1992—1993 yillar edi. Qashqadaryoda Temir Xidirov rahbarlik qilardi. O‘sha paytda yozuv-chizuv bo‘lgani sabab Islom aka viloyatga keldi. Hamma rahbarlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgandi. Biz yozuv-chizuv sabab viloyat rahbari ishdan olinsa kerak deb turgandik. Shunda Islom aka ‘men aslida viloyat hokimini ishdan olish uchun kelmadim. Qashqadaryoda biroz yarim ifloslar bor edi, ko‘payibsizlar’, — dedi. Shunda Soyib Xo‘jayev degan oqsoqolimiz o‘rnidan turib, ‘Islom aka, Qashqadaryoda bunday iflos kimsalar yo‘q’, dedi.
O‘sha paytdagi Kitob rayonining hokimi Ozod Farmonov qo‘l ko‘tarib so‘z so‘radi. Islom aka unga o‘tir, gapirmaysan dedi. Shunda Ozod Farmonov minbarga chiqib, fikr bildirish niyati borligini aytdi. Islom aka, ruxsat bergach, Ozod aka so‘zga chiqdi. Biz shunda Ozod akaga qoyil qolganmiz. Biz oyoq-qo‘limiz qaltirab, so‘z bermasin deb tursak, Ozod akaning o‘zi so‘z so‘rab, minbarga chiqdi.
Ozod Farmonov minbarda Islom akaga yuzlanib, ‘Islom aka, Qashqadaryoda biror bir gap bo‘lsa, yarim soatdan so‘ng respublikada muhokama bo‘ladi, siz atrofingizdagilarni tartibga chaqiring’, dedi. Shunda men obbo Ozod aka bu gaplarni Islom akaga qanday aytyapti ekan, deb qoyil qolgandim. Shundan so‘ng Islom Karimov Qashqadaryoning o‘sha paytdagi rahbari Temir Xidirovni ishdan olmay, markazga qaytgandi», — dedi Yazdurdi bobo Safarov Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarni yodga olar ekan.
Sobiq hokim birinchi prezidentning jismonan baquvvat bo‘lganini aytib o‘tdi.
«Islom aka bilan birga yurib, yetolmasdik. Jismonan juda baquvvat inson edi. Oddiy misol. O‘sha paytda dalalarda yuzlik lotok bo‘lardi. Islom aka o‘sha lotokka bir qo‘lini qo‘yib, sakrab o‘tardi. Biz esa avval lotokka chiqardik, so‘ngra lotok ichiga kirib, keyin oshib o‘tardik. U kishi esa ortiga ham qaramay, miyig‘ida kulib qo‘yardi. Tuproq, loy kechib ishini davom ettirib ketardi. Toshkentdan kelgan mehmonlar ham u kishining ortidan yurishga qiynalardi. Shunda Islom aka, Toshkentdan kelgan mehmonlar Qashqadaryoda yashash, ishlash qanday qiyinligini bilsin, ko‘rsin derdi», — deydi sobiq Bahoriston tumanining sobiq hokimi Yazdurdi Safarov.
Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat faollari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasida yig‘ilib, uning qabrini ziyorat qildi, Qashqadaryoda viloyat hokimi boshchiligidagi mas’ullar Islom Karimov xotirasini yod etdi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, diplomatik missiya xodimlari Moskvada Islom Karimov hotirasiga atalgan haykalga gulchambar qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!