Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi “gashish” moddasi musodara qilindi.
Xususan, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Mastchoh tumanida yashovchi, 1976 y.t. fuqaro 10 kg 701 gr. “gashish” giyohvand moddasini kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga olib o‘tib, xufiyona joyga yashirgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, tojikistonlik narkosavdogarlar uning kur’erlik xizmatiga 1200 AQSH dollari berishlari kerak bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Boshqarmasi xodimlarining Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida “Buxoro-Amudaryo” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina To‘rtko‘l tumanidagi “Miskin” YPX maskanida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Amudaryo tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro yonida 2 kg 39 gr. “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ajal og‘usi Tojikiston Respublikasidan Buxoro viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi, 1979 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina poytaxt hududiga kirgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada uning salon qismida Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy olib o‘tilgan 11.228 dona “Regapen” va 595 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning 1988 va 1991 yillarda tug‘ilgan 2 nafar jinoiy sheriklari ham ushlandi.
Bundan tashqari, poytaxt hududida kuzatilgan yana bir shunga o‘xshash holatda Andijon shahrida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. fuqaroga 5488 dona “Regapen” va 1188 dona “Tropikamid” dori vositalarini bergan vaqtida ularning har ikkisi ham qo‘lga olindi. Shuningdek, dorilarni qabul qilib olgan shaxsning yashash xonadonida 224 dona “Regapen” dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘iziston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Toshkent shahriga yuborgan, Andijon shahrida yashovchi, 1986 y.t. shaxs ham ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 10 kg 701 gr. “gashish”, 2 kg 39 gr. “opiy” giyohvand moddalari hamda 16.940 dona “Regapen” va 1.783 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar