Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.
«O‘tgan yili noyabr oyida «Yashil makon» umummilliy loyihasini boshlab, 200 millionta daraxt ko‘chati ekishni reja qilib oldik.
Kuz mavsumining «dolzarb 40 kunligida» 85 million dona daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ko‘plab hudud va tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik ko‘rsatib, katta ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, ayrim hududlardagi ishlarda pala-partishlikka, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.
Misol uchun, Izboskan, Ulug‘nor, Arnasoy, Paxtakor, Namangan, Uychi, Dehqonobod, Pastdarg‘om, Oqoltin, Mirzaobod, Payariq, Bo‘stonliq, Chinoz, Yangihayot, Yunusobod tumanlarida ishlar sust tashkil qilingan.
Yunusobodda kuz mavsumida 20 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekish rejasi 43 foizga bajarilgan», dedi Prezident.
Ekologiya qo‘mitasining rahbariyatiga ishlarni yangi yondashuv asosida tashkil etishga topshiriq berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar