13:45 / 03.02.2022
1 179

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini zamonaviy tendensiyalar asosida tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirishni taqozo etmoqda. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu sohalar samaradorligini oshirish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4166-son qarori shular jumlasidandir.

Mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filialda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” soha mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlar davlat grantlari asosida maxsus uch yillik bakalavriat dasturiga muvofiq tayyorlanadi. Qabul kvotasi esa yiliga 255 kishini tashkil etadi.

Bakalavriatni tamomlagan bitiruvchiga “Yurisprudensiya (Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom hamda “leytenant” maxsus unvoni berilib, Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Bundan tashqari, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” soha mutaxassisligi bo‘yicha olti oylik maxsus dastur asosida 50 nafar oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlar qayta tayyorlanadi.

Hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida bir qancha ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan va amaliyotchi professor-o‘qituvchilari tarkibi faoliyat yuritib kelmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasi talabalar nazariy bilimlarini huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta’lim berishning modul tizimi asosida olib boradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2020 yil 28 avgustdagi qaroriga binoan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali huzurida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tuzildi. Ilmiy Kengash 12.00.14 – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazadi.

Bu esa, aynan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash va probatsiya faoliyati sohalari bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar shu sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu ta’lim muassasini tashkil etilishi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlashning yangi bosqichga qadami ekanligini bildiradi. Bu orqali esa, mazkur ta’lim muassasasi bitiruvchilari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga o‘z xissalarini qo‘shadilar!

Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b.,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Dilfuza Abdullayeva

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi