Foto: «Daryo»
Xonanda Sanjay tomonidan kuylangan «Karvon» qo‘shig‘i atrofidagi munozaralar davom etmoqda. Ushbu qo‘shiq so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimga tegishli bo‘lib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 97 million 800 so‘m undirilishini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yilning 13 yanvar kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida «O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati» «Uzavtor.uz» tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kiritilgan da’vo ariza Sanjar Javberdiyev tomonidan kuylangan «Karvon» qo‘shig‘i she’ri yuzasidan ko‘rib chiqildi.
Javobgar Sanjar Javberdiyevning qilgan harakatlari O‘zbekiston «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonuniga zid deb topildi.
Mazkur qonunga ko‘ra, har bir shaxs biron-bir muallifning asaridan foydalanishda bevosita ushbu muallif o‘zidan yoki merosxo‘rlaridan rozilik olishi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosida boshqaruvchi tashkilotlar bilan tegishli tartibda shartnoma imzolashi kerakligi belgilangan.
Ayni vaqtda javobgar Sanjar Javberdiyev O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning roziligisiz «Karvon» she’ri matnidan noqonuniy foydalangani «O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlar himoya qilish jamiyati»ning sa’y-harakatlari natijasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida o‘z tasdig‘ini topdi.
Sud tomonidan javobgarga nisbatan 40 million so‘m ma’naviy zarar hamda BHMning 200 barobari miqdoridagi summa, ya’ni boy berilgan foyda sifatida shoirga undirilishi, shuningdek, javobgar ijrosidagi «Karvon» qo‘shig‘i barcha ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanish majburiyati yuklandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar