G‘afur G‘ulom bog‘i masalasi senatorlarning yarim yillik ish rejasiga kiritilgan. Bu haqda 4 fevral kuni Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisi yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev G‘afur G‘ulom bog‘i masalasini o‘rganish Senatning kun tartibida turganini aytib o‘tdi.
«Mazkur masala hal bo‘lgan kuniyoq xabar beramiz. Hozir ishlarimiz juda ko‘p. G‘afur G‘ulom bog‘i masalasi ijobiy hal bo‘ladi. Men senatorlik so‘rovini yuborganman, javob olganimdan keyin joyiga chiqib o‘rganaman. Qani, hokimiyat qanday javob berar ekan, amalda qanday bo‘lyapti ekan», — deydi u.
G‘afur G‘ulom bog‘i 2019 yil 9 avgustdagi Vazirlar Mahkamasining F-670 son farmoyishi hamda Toshkent shahar hokimining 15 avgustdagi 1126-son farmoyishi asosida (ikkala hujjat matni ham ochiq manbalarga joylashtirilmagan) BMP Smart Decision’ga 49 yilga ijaraga berilgan. Kompaniya investitsion majburiyatlari doirasida bog‘ni jahon standartlariga javob beradigan qilib qayta ta’mirlashi, eskirgan attraksionlarni yangisiga almashtirishi lozim.
2019 yil sentyabr oyida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisi bilan uchrashib, Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida ma’lumot bergan. Hokim bog‘ rekonstruksiyasi vaqtida birorta daraxt kesilmasligini aytgan, ushbu uchrashuvda investor vakili sifatida Sherzod Halimovning o‘zi ham ishtirok etgandi.
«Gazeta.uz» nashrining yozishicha, «Nuz.uz» ushbu uchrashuv haqida xabar qilgan (ammo xabar o‘chib ketgan, uning nusxasi «Mytashkent.uz»da saqlanib qolgan). Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov BMP Smart Decision kompaniyasining bog‘ rekonstruksiyasiga 10 million dollar investitsiya kiritishini aytgan. Sherzod Halimov esa modernizatsiya ikki bosqichda amalga oshirilishi, birinchi bosqichda yozgi bog‘ qayta ta’mirlanishi, ikkinchisida esa yil davomida faoliyat olib boruvchi yopiq o‘yin hududi qurilishini ma’lum qilgan.
Oliy Majlis Senatining 16 dekabr kungi yalpi majlisida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yil muddatga ijaraga olgan Singapurning BMP Smart Decision kompaniyasi investitsion majburiyatlarini bajarmaganini ma’lum qilgan edi.
17 dekabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisi yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida senator Tolibjon Madumarov Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i yuzasidan shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qilgan edi. Baxtiyor Sayfullayev esa mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilishini bildirgandi. «Bundan keyin shahar hokimligining ob’ektlarni investorlarga berilishi bo‘yicha o‘ylab ish qilishini nazoratimizga olamiz», — degan edi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot