Dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan parollar aniqlandi

Dunyoda eng ko‘p uchraydigan parol yana “123456” bo‘ldi. “Admin” va “12345678” ham eng keng tarqalgan parollar qatorida qoldi. Bu haqda NordPass kompaniyasining 2026 yilgi tadqiqotida ma’lum qilindi.
Tadqiqot NordPass va NordLayer Intelligence hamkorligida, kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil mutaxassislar ko‘magida o‘tkazilgan. Unda 2025 yil sentyabridan 2026 yil sentyabrigacha ochiq ma’lumotlar sizib chiqishi va darknet bazalarida tarqalgan parollar tahlil qilingan. Tadqiqot 44 mamlakatdagi parol tendensiyalarini qamrab olgan.
Hisobotga ko‘ra, “123456” NordPass reytingining sakkizta nashridan yettitasida eng ko‘p uchragan parol sifatida birinchi o‘rinni egallagan. Bu yilgi reytingda ham kuchli uchlik o‘zgarmagan: “123456” birinchi, “admin” ikkinchi, “12345678” esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Shuningdek, “1234” ilk bor kuchli beshlikka kirgan, “password” esa yettinchi o‘ringa tushgan.
Tadqiqotchilar parol tanlashda ommaviy madaniyat ham ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan. Sportchilar, musiqachilar, videoo‘yinlar, anime va ijtimoiy tarmoqlar nomlari parollarda ko‘p uchraydi. Masalan, “Lebron0319”, “Savage20”, “roblox.com1” va “skibiditoilet” kabi kombinatsiyalar qayd etilgan.
COVID-19 pandemiyasi ham foydalanuvchilarning parol tanlashiga ta’sir ko‘rsatgan. “Covid@19”, “Covid-19” va “corona2020” kabi kombinatsiyalar ro‘yxatga kiritilgan. Tadqiqotda 2020 yil fevraldan oktyabrgacha foydalanuvchilardagi parollarning o‘rtacha soni 25 foizga oshgani ham qayd etilgan.
NordPass mutaxassislari kamida 15 belgidan iborat murakkab parollardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Bunday parollar katta va kichik harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni o‘z ichiga olishi kerak. Shuningdek, har bir akkaunt uchun alohida parol tanlash va ko‘p bosqichli autentifikatsiyani yoqish tavsiya etiladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…