22:47 / 04.02.2022
937

Toshkent jamoat transportida harakatlanish oraliq vaqti 2 barobarga qisqaradi

Toshkent jamoat transportida harakatlanish oraliq vaqti 2 barobarga qisqaradi
«Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar jamoat transporti sohasida xususiy sektor ulushi 2 barobarga oshiriladi. Velosipedlarni ijaraga berish va ular uchun maxsus turar joylar tashkil etiladi hamda «aqlli» chorraha, «aqlli» avtobus va «aqlli» bekat tizimlari joriy etiladi.

Jamoat transporti harakat tarkibi zamonaviy, ekologik toza avtobuslar, jumladan, elektrobuslar bilan yangilanadi.

Qaror bilan Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida:

- yo‘lovchi tashishlar hajmida jamoat transportining ulushi 21 foizdan 43 foizga oshiriladi;
- jamoat transportida kunlik yo‘lovchi tashish hajmi 2,7 million yo‘lovchiga yetkaziladi;
- jamoat transportining harakatlanishidagi oraliq vaqti 2 barobarga kamaytiriladi;
- 1063 ta avtobus, 673 ta elektrobus xarid qilinadi.

2023 yil 1 yanvardan bosib o‘tilgan yo‘l, yo‘lovchi oqimi va sifat mezonlari bo‘yicha moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri jamoat transporti uchun kelgusi to‘rt yil davomida 1043 ta yangi avtobus va elektrobuslar sotib olinishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent jamoat transportida harakatlanish oraliq vaqti 2 barobarga qisqaradi