
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 7 fevral kuni soat 13:40 larda Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘lining Chiroqchi tumani “Guliston” MFY hududidan o‘tgan 80-kilometrida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida “Kamaz”-53212 rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 13:47 da 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, soat 13:49 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:10 da bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida yuk mashinasining salon va bort qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
FVV XabarYong‘in QutqaruvKamaz YukSamarqand QarshiChiroqchi TumaniGaz Shoxobchasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar