19:13 / 08.02.2022
1 367

Xavfli retsidivist yana jinoyatga qo‘l urdi

Xavfli retsidivist yana jinoyatga qo‘l urdi
Xalqimizda “Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi” - degan gap bor. Bu gap bejizga aytilmagan. S.Raximov (ism shariflar shartli tanlangan) muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi sababli unga odillik va insonparvarlik tamoyillari qo‘llanilib, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. Bu bilan unga bir marotaba imkon berilgan edi. Shundan keyin ham u JKning 73-moddasiga asosan jazodan ozod qilingan bo‘lsa-da, tavba neligini bilmadi.

S.Raximov xavfli retsidivist bo‘la turib, 2020 yil 16 dekabr kuni soat 10:00dan 15:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Nurota tumani, “Qadoq” MFY, Tikonli qishlog‘ining tog‘li hududiga kelib, ushbu tog‘ yaylovlarida qarovsiz holda o‘tlab yurgan, Nurota tumani Tikonli qishlog‘ida yashovchi M.Nizamovga tegishli bo‘lgan, har birini bozor bahosi 1.000.000 so‘mdan jami 12.000.000 so‘mlik 12 bosh echkilarni haydab ketish yo‘li orqali yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, u xavfli retsidivist bo‘la turib o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2021 yil 25 iyul kuni soat 21:00larda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Konimex tumani “Karakata” ovul fuqarolar yig‘ini “Karakata” ovulining dasht hududida qarovsiz holda o‘tlab yurgan, Ye.Serikbayevga tegishli bo‘lgan, har birini bozor narxi 600.000 so‘mdan bo‘lgan 11 bosh ona echkilarni va har birining bozor narxi 400.000 so‘mdan bo‘lgan 11 bosh uloqlarni haydab ketish yo‘li orqali yashirin ravishda talon-toroj qilib, Ye.Serikbayevga jami bo‘lib 11.000.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Shuningdek, u xavfli retsidivist bo‘la turib, o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2021 yil 1 avgust kuni soat 13:00larda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Nurota tumani, “Chuya” MFY Dara qishlog‘i hududiga kelib, ushbu qishloqda yashovchi I.Eshonqulovaga tegishli bo‘lgan 65 bosh qo‘ylar Dara qishlog‘idagi soy bo‘yida qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, ushbu qo‘ylar orasidan ancha miqdorni tashkil qiluvchi umumiy bozor bahosi 46.500.000 so‘m bo‘lgan jami 31 bosh qo‘ylarini ajratib, haydab ketish yo‘li orqali yashirin ravishda talon-toroj qilib, ushbu qo‘ylarni Chuya MFY, Mushkan qishlog‘ida yashovchi J.Axmadovga 18.500.000 so‘mga sotib undan pullarni olib voqea joyidan yashiringan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi raisi Z.Ibragimov tomonidan ko‘rib chiqilib, S.Raximovni jamiyatdan ajratmagan holda axloqini tuzatishning imkoni yo‘q deb topilib, unga JKning 60-moddasi tartibida 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

S.Raximov yolg‘iz yashardi. Uning o‘g‘ri va aroqqa mukkasidan ketganligini bilgan turmush o‘rtog‘i ham farzandini olib uyiga ketgan edi.
Shu o‘rinda, bobolarimizning “nima eksang shuni o‘rasan” degan maqollari naqadar to‘g‘ri ekanligi yana bir bor isbotini topadi.

Zafar Ibragimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xavfli retsidivist yana jinoyatga qo‘l urdi