Sergelida fuqaroni universitetga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. boshqa bir fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"