Prezident Shavkat Mirziyoyev, an’anaga ko‘ra, Samarqandga tashrifi chog‘ida buyuk muhaddis Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi.
Qur’on tilovat qilindi.
Davlatimiz rahbari majmua qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda.
Maqbaraning o‘ng tomonida, yerostida galereya qurilmoqda. Bu yerda ziyoratchilar alloma qabrini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqbara naqqoshlik va xattotlik san’ati asosida sayqallanadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yoziladi.
Shu yerda galdagi qurilish ishlari haqida ma’lumot berildi. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxona, kushxona barpo etiladi.
Prezident ularni sifatli qurish, ko‘p sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Davlatimiz rahbari Hazrati Hizr majmuasidagi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"