14:35 / 11.02.2022
1 139

Abduqodir Toshqulov: «Oliy ta’lim korrupsiyadan xoli soha, deb e’lon qilinganidan uyalaman»

Abduqodir Toshqulov: «Oliy ta’lim korrupsiyadan xoli soha, deb e’lon qilinganidan uyalaman»
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Jizzax viloyati OTMlarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlardan so‘ng yig‘ilish o‘tkazib, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga murojaat qildi.

Toshqulov nafaqat jamiyat va xalqda, balki aksariyat rahbarlarda ham oliy ta’limda korrupsiya bor, degan fikrda ekanini ta’kidlagan.

«Oliy ta’limda korrupsiya mavjud degan tushuncha nafaqat jamiyat va xalqda, balki aksariyat rahbariyatda ham bor. Lekin men shu tizimdagi rahbar sifatida aytamanki, (korrupsiya — tahr.) barobarlarga kamayib ketdi. Ming afsus, endi atrofda firibgarlar ko‘paydi. Mana, shu yerga kelguncha matbuot xizmati rahbari menga beshta holat tashlab berdi. Qashqadaryoda umuman universitetga aloqasi yo‘q odam o‘qishingni ko‘chirib beraman, deb 3 mingdan 6 ming dollargacha pora olgan, vodiyda pora olgan.

Eng muhimi, keyingi vaqtlar o‘qituvchilar emas, kotiba, yordamchi, laborant, talaba bu ishga aralashib ketyapti. Shuning uchun sizdan iltimos, bu kimgadir borib taqalmasa, ular bunday qilmaydi, ularning hammasiyam firibgar emas, o‘zingizni yig‘ishtirib oling
», — deydi vazir.

Shuningdek, u so‘rovlarga ko‘ra, 65 foiz odam oliy ta’limga ishonmasligini qayd etib, ushbu ko‘rsatkich nolga teng bo‘lishi kerakligini aytgan.

«Xalq, rahbariyat oliy ta’limning ‘yuvelir’ darajada toza bo‘lishini xohlaydi. Butun dunyoda shunaqa o‘zi. Bunday narsalar odamlarning xayoliga ham kelmaydi. Shuning uchun buning targ‘ibotini qilish kerak, bundan xulosa qilish kerak. Men qurilish bilan oliy ta’lim korrupsiyadan xoli soha deb e’lon qilgani uyalaman. Bu siz bilan bizga daraja emas, uyat bu», — deydi Toshqulov.

Bundan tashqari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Jizzaxdagi OTMlarning hammasini ko‘rib chiqqanini, ko‘rinishi zo‘r, obod qilingani, binolari ta’mirlangani, lekin mazmunga birozgina e’tiroz borligini ta’kidlagan.

«Men bugun nima qilishimiz kerakligi haqida gapirmoqchiman. Hurmatli hamkasblar, hamma faoliyatingizni talabaning atrofiga jamlang. Talaba bor — siz bor, talaba bor — sizni olim sifatida hurmat qiladi. Mahallada qanchalik o‘rnimiz bor bilmayman, lekin universitetni hududiga kirganimizdan boshlab, ustoz deb hurmat qilishadi, bundan zavqlanamiz, kuch olamiz.

Prezident xalq atrofida bo‘linglar, xalq koriga yaranglar deyaptimi? Hurmatli olimlar, talabalaringizni atrofida jamlaning. Ularni bo‘lar-bo‘lmas kommentlar yozmaydigan, vaqtini qadrlaydigan, kamida ikkita xorijiy tilni o‘rganadigan qilib tarbiyalab bering. Hammasini mustaqil bajarsa bo‘ladi
», — deydi Toshqulov.

Eslatib o‘tamiz, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev boshchiligida 1 fevraldan boshlab tuzilgan ishchi guruh respublika oliy ta’lim muassasalarini kompleks o‘rganmoqda. Avvalroq ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi OTMlarni o‘rganishdan so‘ng, talabalarga Telegram orqali dars berilganini tanqid qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abduqodir Toshqulov: «Oliy ta’lim korrupsiyadan xoli soha, deb e’lon qilinganidan uyalaman»