08:23 / 15.02.2022
1 249

Uzbekistan Airways birinchi A321LR samolyotiga ega bo‘ldi

Uzbekistan Airways birinchi A321LR samolyotiga ega bo‘ldi
Foto: Airbus
Uzbekistan Airways birinchi A321LR samolyotiga ega bo‘ldi. Bu haqda Airbus matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot ikki klassli maket asosida qurilgan va 188 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Aviakompaniya A321LR ichki va xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya jami 5 ta Airbus samolyotlariga buyurtma bergan: yana to‘rtta avialayner 2022 yilning oxirigacha yetkazib beriladi.

- Biz o‘z samolyotlar parkimizni uzoq masofali A321neo yangi versiyasi yordamida modernizatsiyalashda davom etamiz. LEAP dvigatellari bilan jihozlangan komfort-klass samolyotlarimiz Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyoning 22 ta shahriga va MDHning 24 shahriga reyslarni amalga oshiradi, shuningdek, 11 ta ichki yo‘nalish bo‘yicha foydalaniladi, – deydi Uzbekistan Airways boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.

A321LR – bu katta hajmli yoqilg‘ini saqlashga mo‘ljallangan uchta qo‘shimcha markaziy bak (ACT) tufayli 7400 kmgacha bo‘lgan masofaga uchish imkonini beradigan kengaytirilgan diapazonga ega A320neo’ning versiyasi.

Avvalgi avlod samolyotlariga nisbatan modelning yoqilg‘i sarflanishi, CO2 chiqindilari va har bir o‘rindiq uchun foydalanish xarajatlari 30 foizga kamaytirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways birinchi A321LR samolyotiga ega bo‘ldi