Tojikistondan O‘zbekiston orqali Rossiyaga chiqib ketmoqchi bo‘lgan giyohvandlik vositalari ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21 tonnadan ortiq paxta ortilgan yuk mashinasini Toshkent viloyati «Oybek» chegara postida inspeksion ko‘rikdan o‘tkazish davomida bojxona xodimlarida jiddiy shubha uyg‘ongan. Tekshiruv jarayonida yuk avtomashinasining tirkamasiga giyohvandlik vositalari yashirilgani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, giyohvandlik vositalari 232 dona o‘ramda bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 229 kilogramm 719 grammni tashkil etgan. To‘xtatib qolingan giyohvand moddalarning Yevropa qora bozorlaridagi narxi hozirda o‘rtacha 12-14 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda