Foto: The New York Times
Uzbekistan GTL va ExxonMobil O‘zbekistondagi GTL zavodi negizida sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
15 fevral kuni Dubayda o‘tkazilgan «Ekspo-2020» xalqaro ko‘rgazmasida Uzbekistan GTL kompaniyasi vakillari ExxonMobil delegatsiyasi bilan biznes-uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda GTL zavodida ishlab chiqariladigan va neft-kimyo sanoati uchun qimmatli xom ashyo hisoblangan sintetik neftdan sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bugungi kunda sintetik moylar ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha mineral moylarga nisbatan sezilarli ustunlikka ega va shuning uchun ularga bo‘lgan talab har yili ortib bormoqda.
ExxonMobil vakillari mazkur loyihani amalga oshirish jarayonini birgalikda batafsil o‘rganishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
O‘zbekistondagi GTL zavodi negizida 100 ming tonnagacha sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu kelajakda respublikada yuqori sifatli motor moylarini to‘laqonli ishlab chiqarishni yaratish imkonini beradi.
ExxonMobil jahon energetika bozorining ortib borayotgan talabini qondirish uchun texnologik yutuqlar va innovatsiyalarni qo‘llaydigan dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Kompaniya sanoatdagi eng yirik ishlab chiqarish resurslariga ega va neft mahsulotlari va neft-kimyo mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish va marketingi bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi