
Tadbirkorga imtiyozli kredit olib bermoqchi bo‘lgan davlat soliq katta inspektori qo‘lga olindi.
Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasining davlat soliq katta inspektori A.X. «M.N.» MCHJ rahbari M.ning ishonchiga kiradi. Unga bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali 200 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga 600 AQSH dollari va o‘zi uchun qaytarib berish sharti bilan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jizzax ShahriTadbirkorSoliq InspektoriImtiyozli KreditJinoyat KodeksiPora Berish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar