date
views 676

Farg‘onada talabalarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Farg‘onada talabalarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Farg‘ona viloyatida 30 nafar talabaning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Sh.I., M.A., J.O. va N.U.lar fuqaro M.dan Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida tahsil olayotgan 30 nafar talabaning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirib berish evaziga 67 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada talabalarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi