
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.O. boshchiligidagi 8 nafar mahalliy fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda virtual xalqa tuzib, «Hizb ut-Tahrir» terroristik tashkiloti g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlandi.
Shuningdek, mazkur guruh yetakchisi A.O. internet tarmog‘i orqali «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkiloti g‘oyaviy rahnomalaridan biri 1980 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi M.X. (laqabi Mahmud Abdulmo‘min) bilan aloqa bog‘lab, uning ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, «virtual xalqa» a’zolarining noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yildi va xalqa a’zolariga nisbatan JKning 159-moddasi 1-qismi, 244 (prim-1) moddasi 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar