
Jizzax shahrida tadbirkordan 3 000 AQSH dollari pora talab qilgan bo‘lim boshlig‘i va yetakchi muhandis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali yetakchi muhandisi Sh.I. (muqaddam JKning 214-moddasi bilan sudlangan) «X.S.» MCHJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada hisoblangan 384,6 mln so‘m zararni kamaytirib berish evaziga MCHJ ish yurituvchisi D.D.dan 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, filialning shartnomaviy-huquqiy bo‘limi boshlig‘i B.R. sherigi yetakchi muhandis Sh.I.dan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jizzax ShahriPora TalabHududgaz JizzaxTadbirkorlik Sub'ektlariBosh ProkuraturaJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar