20:39 / 25.02.2022
1 558

Bir nechta tungi klublarni boshqargan «Isi» laqabli shaxs qamaldi

Bir nechta tungi klublarni boshqargan «Isi» laqabli shaxs qamaldi
Videodan lavha
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquq-tartibot idoralarini jalb qilgan holda Samarqand shahridagi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Navbatdagi uyushgan jinoiy guruh yetakchisi 1989 yilda tug‘ilgan «Isi» laqabli P.M muqaddam Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan javobgarlikka tortilgan bo‘lib, u Samarqand shahridagi bir nechta tungi klublarni boshqarib, atrofiga sportning sambo, muaytay turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelgan yigitlarni jinoiy to‘daga birlashtiradi.

Bu orqali ular turli zo‘ravonlik, firibgarlik hamda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etib kelishadi. Jumladan, 2021 yilning 2 iyul kuni jabrlanuvchi fuqaro o‘zining avtomobilida Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koniga borgan vaqtda «Isi» mast holatda uning avtomobilini olib qochmoqchi bo‘ladi, ammo avtomobil egasining qo‘liga tushib qoladi. Alamini olish niyatida jinoiy sheriklarini chaqirib, jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazadi.

Shuningdek, u oziq-ovqat do‘koniga jinoiy sheriklari bilan kirib, do‘kon sotuvchilarini sababsiz haqorat qilib, ularga tan jarohati yetkazish yo‘li bilan qo‘rqitib, do‘konni ag‘dar-to‘ntar qiladi va qimmatbaho mahsulotlarni ochiqdan-ochiq olib chiqib ketadi.

Jinoiy harakatlarini davom etirgan holda yengil tabiatli qizlar orqali ayrim tadbirkorlarga tuhmatlar uyushtirib, 5000 AQSH dollargacha pul berishini talab qilib keladi.

Qolaversa, unga tegishli bo‘lgan tungi klublarning barchasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani, aksiz markasiz spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari sotib kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Olib borilgan tintuv jarayonida «Isi»ga qarashli tungi klub ishchisidan 1000 so‘mlik kupyura pulga o‘ralgan giyohvandlik vositasi aniqlanib, hujjatlashtirilgan. Holat yuzasidan «Isi» va uning jinoiy sheriklariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.

Sudlanuvchi P.M qator jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Uning jinoiy sheriklaridan bir nafari 5 yil muddatga qamaldi, qolgan uch nafariga nisbatan turli jazo choralari qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir nechta tungi klublarni boshqargan «Isi» laqabli shaxs qamaldi