07:47 / 27.02.2022
1 010

Marg‘ilonda gilam-firibgar ushlandi

Marg‘ilonda gilam-firibgar ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati
Marg‘ilon shahrida gilam sotib olmoqchi bo‘lgan ayol pullariga aldandi, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 2021 yilning 7 iyul kuni R.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, 2 500 000 so‘m va 500 AQSH dollari evaziga gilam olib berishni aytib, pullarni olib ketganini, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarini ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.D. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Marg‘ilonda gilam-firibgar ushlandi