08:40 / 27.02.2022
2 504

«Ikki qush urishsa, ovchiga foyda» — Xayrulla Nuriddinov Ukraina va Rossiya voqealari haqida

«Ikki qush urishsa, ovchiga foyda» — Xayrulla Nuriddinov Ukraina va Rossiya voqealari haqida
Jurnalist Xayrulla Nuriddinov «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «Menimcha» ko‘rsatuvida Ukraina davom etayotgan harbiy harakatlar haqida gapirib o‘tdi.

«Ovchi kimligini bilmadim-ku, lekin to‘qnashgan har ikki tomon bu to‘qnashuvdan faqat ziyon topmoqda va topadi. Ha, urush bizdan uzoqda. Lekin hozirgi dunyo shundayki, shoxiga ursang, tuyog‘i zirqiraydi.

Bu to‘qnashuvning yomon nafasi bizga ta’sir qilmaydi, deb hech kim hech qaysi mamlakat aytolmaydi. Rossiya ham, Ukraina ham biz uchun hamkor mamlakatlar. Ularning o‘rtasidagi sovuqchilik bizning ham etimizni junjitadi.

Shuning uchun ularga ham, o‘zimizga ham, hammaga: assalomu alaykum. Hammaning uyiga tinchlik tilayman
», – deydi jurnalist.

Ukrainadagi vaziyat
24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini ma’lum qildi. Murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinning harakatini mamlakatni yakson qilish deya baholab, G‘arbni «Putinga qarshi koalitsiya» tuzishga chaqirdi.

24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagan, xususan «Aeroflot» kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan. AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgani va u yerda harbiy operatsiyalarni boshlagani uchun mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilgan. Shuningdek, Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumi uchun mas’uliyat Vladimir Putinning zimmasida ekani, Rossiya ushbu harbiy operatsiya uchun jiddiy zarbalar qabul qilib olishi haqida gapirgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgan. Ular Polsha orqali evakuatsiya qilinadi. 25 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Putin bilan fikr almashdi.

25 fevral kuni «Manchester Yunayted» Ukrainada ro‘y berayotgan voqealar tufayli Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi bilan homiylik shartnomasini bekor qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ikki qush urishsa, ovchiga foyda» — Xayrulla Nuriddinov Ukraina va Rossiya voqealari haqida