O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari — Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi.
Voronkov BMTning Global aksilterror strategiyasi bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Uchrashuv avvalida Vladimir Voronkov O‘zbekiston Prezidentiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ertaga poytaxtimizda ish boshlaydigan ikki kunlik nufuzli xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi va uning tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimizning BMT institut va tuzilmalari, shu jumladan Kontrterror boshqarmasi bilan amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari sermahsul hamkorlikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, O‘zbekiston boshqarmaning terrorchilikka qarshi kurashish borasidagi 15 ta loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining yangilangan Qo‘shma harakat rejasini amalga oshirish va loyihalar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasi doirasida ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish, yoshlarni ekstremizm va terrorizmning salbiy ta’siridan himoya qilish, «qaynoq nuqtalar»dan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish sohasida tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mintaqa kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi, afg‘on xalqiga ko‘maklashish va yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMT Kontrterror boshqarmasi o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev1, BMT1, Kontrterror boshqarmasi1, Vladimir Voronkov1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi