12:57 / 03.03.2022
1 737

DXX Chinozda yangi «Ahmadboy»ni qoʻlga oldi

DXX Chinozda yangi «Ahmadboy»ni qoʻlga oldi
Chinoz tumanidan «A.N.» 2016 yilda «moliyaviy piramida» tashkil qilib, fuqarolardan pul, avtomashina va boshqa qimmatliklarni qabul qilish bilan shugʻullangani uchun 2017 yilda sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.

Unga nisbatan amnistiya akti qoʻllanilib, 2021 yilning dekabr oyida ozodlikka chiqarilgan boʻlsada, xatolaridan toʻgʻri xulosa qilmasdan, aksincha «eski hunarini» davom ettirgan.

Xususan, «A.N.» oʻzganing ishonchiga kirib, uning boshqaruvida boʻlgan «Spark» rusumli avtomashinani 6.500 AQSh dollariga baholab hamda qoʻshimcha 2.000 AQSh dollari berishini talab qilib, umumiy miqdorda 8.500 AQSh dollarini 10 oy davomida har oyda 1.700 AQSh dollaridan, jami 17.000 AQSh dollari miqdorida qaytarib berishini aytadi.

DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u fuqaroning «Spark» avtomashinasini hamda 2.000 AQSh dollarini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv natijasida «A.N.» oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida olgan 2 ming AQSh dollari hamda «Spark» avtomashinasi bilan qoʻshib hisoblaganda, ma'lum muddatdan soʻng koʻpaytirib, qaytarib berish sharti bilan jami 12 nafar fuqarodan 94 ming AQSh dollari hamda 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva hayvonlarini (avtomobillar va chorva hayvonlarining umumiy bahosi 394 mln. soʻmni tashkil qiladi) olganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, «A.N.»ga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat