Foto: Videodan skrinshot
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida o‘quvchi qiz to‘rt nafar fuqaro tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda. Mazkur xabarga munosabat bildirgan Kasbi tumani hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
O‘quvchi qizning zo‘rlangani haqida xabar berilgan videodan anglashilishicha, voqea 2021 yilning iyun oyida sodir bo‘lgan.
«Dalada mol boqib yurgandim. Yonimga ikki nafar bola — Abbos va Baxtiyor kelib, ‘sen Behruz degan bola bilan yurar ekansan’, deya menga tashlanib ketdi. Ularning biri qo‘limdan ushlab, ikkinchisi zo‘rladi. Baqirsam, yana biri mening og‘zimni qo‘li bilan yopib, ikkinchisi ham zo‘rladi. Qochmoqchi bo‘ldim, ammo kuchim yetmadi», — deydi bu haqda gapirib bergan o‘quvchi qiz.
14 yoshida zo‘rlanganini aytgan qizning bildirishicha, u bu voqea haqida o‘z vaqtida hech kimga, hatto ota-onasiga ham aytmagan.
«Kimgadir aytsang, seni o‘ldirib yuboramiz deyishdi», — deydi o‘quvchi qiz.
O‘quvchi qizning onasi olti nafar farzandi borligini, zo‘rlangani aytilayotgan qiz uning eng kichik farzandi ekanini aytmoqda.
«Qizimning homilasi hozir sakkiz oylik. Bu haqda 2021 yilning dekabr oyida xabar topdim. Maktabdan ikki nafar o‘qituvchi va hamshira kelib, qizimni shifokorga olib borishimiz kerakligini aytdi. O‘shanda qizimning homiladorligini bildik», — deydi qizning onasi.
Bu haqdagi xabarga munosabat bildirgan Kasbi tumani hokimligi axborot xizmati tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 2-qismi «a» bandi (shaxsning o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan. Ammo olib borilgan tergov harakatlari davomida qizni zo‘rlashda gumon qilingan to‘rt nafar fuqaro ayblovni inkor qilgani, tergov ishida dalillar yetarli bo‘lmagani bois tergov hujjati vaqtincha to‘xtatilganini yozgan.
«Bola tug‘ilib, DNK tekshiruvi natijasi e’lon qilinishi bilan tergov harakatlari qayta qo‘zg‘atiladi», — deyiladi hokimlikning tuman IIBga tayanib bergan rasmiy munosabatida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi