date
views 1 543

Toshkentdan Rossiyaga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Toshkentdan Rossiyaga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent–Ekaterinburg–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 13 martdan qoʻshimcha aviaqatnov yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ rasmiy kanalida xabar berdi.

13 va 20 mart kunlari Toshkentdan Ekaterinburgga qoʻshimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Quyida havo kemalarining harakat jadvali e'lon qilingan:

- Toshkentdan uchish: 19:00 (Toshkent vaqti bilan);
- Ekaterinburgga etib borish: 22:00 (Ekaterinburg vaqti bilan);
- Ekaterinburgdan uchish: 23:40 (Ekaterinburg vaqti bilan);
- Toshkentga etib borish: 02:30 (Toshkent vaqti bilan).

Qayd etilishicha, Toshkent–Ekaterinburg yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 2 593 810 soʻm (bagajsiz), 2 966 363 soʻmni (bagaj bilan) tashkil qiladi. Ekaterinburg–Toshkent yoʻnalishidagi qatnov bileti narxi esa 25 429 rubldan (bagajsiz) va 29 409 rublgacha (bagaj bilan) boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Rossiyaga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi