
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi B.X. fuqarodan 5,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.M. tumandagi «Yangiobod» mahallasi hududida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hokimlik orqali yer maydoni olmoqchi bo‘lgan.
Hokim yordamchisi B.X. esa unga mahalla hududidan stadion va sport majmuasi qurish uchun «E-auksion» orqali tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 60 sotix yer maydonini tanishlari orqali olib berishda yordam berishi mumkinligini aytib, evaziga fuqarodan 5,5 million so‘m pul talab qilgan. U pulni olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Surxondaryo ViloyatiJarqo‘rg‘on TumaniHokim YordamchisiPora OlishE-auksionTadbirkorlikFuqaro A.M O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar