
Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar Toʻpalang daryosi qirgʻogʻidan juda koʻp mis tangalar topib olgani xabar qilingandi.
Prokuratura organlari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi Toʻpalang daryosi qirgʻogʻidan «Ulugʻbek xazinasi» topilganligi haqidagi ma'lumot oʻrganildi.
Aniqlanishicha, 2 mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan oqib oʻtuvchi Toʻpalang daryosi qirgʻogʻidan mahalliy aholi tomonidan mis tangalar topilgan.
3 mart kuni Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston davlat san'at muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi vakillari tomonidan mahalliy aholidan 512 dona mis tangalar belgilangan tartibda olinib, Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyi fondiga topshirilgan.

Prokuratura organlari tomonidan soha vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganish davomida qoʻshimcha ravishda 620 dona mis tanga va 1 dona shaxmat donasi ixtiyoriy ravishda olinib, muzey fondiga topshirilishi ta'minlandi.
Bundan tashqari, viloyat prokuraturasi, madaniy meros boshqarmasi hamda arxeologiya muzeyi xodimlaridan iborat tarkibda maxsus ekspeditsiya tashkil etilib, hozirda qazishma ishlari olib borilmoqda.
Birgina, joriy yilning 9 mart kuni ekspeditsiya vakillari tomonidan 4 dona mis tangalar topilgan.
Arxeologik olimlarning dastlabki xulosasiga koʻra, ushbu ashyolar Mirzo Ulugʻbek hukmronligi (XV asr) davrida zarb etilgan pul tangalarining shu kunga qadar topilgan eng katta va yaxshi saqlangan madaniy meros xazinasi hisoblanadi.
Hozirda ushbu manzilda qidiruv ishlari davom ettirilayotgan boʻlib, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar