09:20 / 12.03.2022
1 277

Statqo‘m Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 200 dollar bilan ushlandi

Statqo‘m Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 200 dollar bilan ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent shahrida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida pora talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, joriy yil 2 mart kuni Toshkent shahar IIBBga MCHJ rahbari ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘zi rahbarlik qilayotgan firma haqida Statistika qo‘mitasining elektron hisoblariga rekvizitlar xatolik bilan kiritilgani sababli Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilganida, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlaridan biri firmaning STIR raqamlarini to‘g‘rilab, elektron o‘zgartirish kiritish uchun 200 AQSH dollari berishini talab qilayotganini bildirgan.

Mazkur murojaatga asosan, shu kuni Toshkent shahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlaridan biri ariza muallifidan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Statqo‘m Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 200 dollar bilan ushlandi