20:43 / 13.03.2022
2 083

Oliy sud ham Yulduz Usmonovaning «Xasta bo‘lma» she’ri bo‘yicha shikoyatini qanoatlantirishni rad etdi

Oliy sud ham Yulduz Usmonovaning «Xasta bo‘lma» she’ri bo‘yicha shikoyatini qanoatlantirishni rad etdi
Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va Yulduz Usmonova o‘rtasidagi mualliflik huquqiga doir ish Oliy sudda ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev xabar qildi.

Qayd etilishicha, ish da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyev foydasiga hal etilib, Yulduz Usmonovaning shikoyatini qanoatlantirish rad etilgan.

Eslatib o‘tamiz, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan «Xasta bo‘lma» she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqini ololmayotgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, 2021 yilning 20 sentabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga «Xasta bo‘lma» qo‘shig‘ining she’r muallifidan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan. 29 oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

Keyinchalik 18 yanvar kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Yulduz Usmonovaning tuman sudi qarori bo‘yicha shikoyat apellyatsiyasi ko‘rib chiqilgan. Sud ajrimiga ko‘ra, 29 oktabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning «Xasta bo‘lma» hamda «Sevgi izhori» qo‘shiqlari matni muallifi hisoblanadi. Yulduz Usmonova «Xasta bo‘lma» qo‘shig‘i matniga qalam haqi sifatida shoirning she’riy to‘plami chop etilishiga ko‘maklashishga va’da bergan. Biroq Yo‘lchi Ro‘ziyev bir necha yillardan buyon san’atkordan she’ri uchun qalam haqini ololmayapti.

Yulduz Usmonova1, Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev1, Oliy sud1, Xasta bo‘lma she’ri1, Tovon puli1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy sud ham Yulduz Usmonovaning «Xasta bo‘lma» she’ri bo‘yicha shikoyatini qanoatlantirishni rad etdi