«Iqtisodiy sharh» jurnali O‘zbekistondagi banklarda milliy valyutada jismoniy shaxslarga yillik foizdagi omonatlar reytingini e’lon qildi.
Ma’lumotlarni tuzishda omonat shartlari — yillik foiz stavkasi, omonat muddati va omonatning minimal miqdori kabi shartlar inobatga olingan.
Hozirda 32 ta tijorat bankidan faqat 31 tasi milliy valyutada omonatlar taklif qilmoqda. Faqatgina «O‘zagroeksportbank» tomonidan omonatlar vaqtinchalik taklif etilmayapti.
Birinchi o‘rinni Anorbank egalladi — ushbu bankda 23 foizlik yillik stavka, minimal miqdori 100 ming so‘m bo‘lgan 13 oy muddatli oflayn omonatlar taklif etiladi.
Ikkinchi o‘rinni TBC bank (foiz stavkasi — 22 foiz, omonatning minimal miqdori 10 ming so‘m, omonat muddati esa 24 oy) egallagan bo‘lsa, «Kapitalbank» ( yillik foiz stavka — 22 foiz, omonat muddati — 25 oy, omonatning minimal qiymati esa 1 mln so‘m) uchinchi o‘rinda turibdi.
Banklar tomonidan milliy valyutada jismoniy shaxslarga omonatlar bo‘yicha eng baland stavkani Anorbank (23 foiz), taqdim etayotgan bo‘lsa, eng past stavka Orient Finans Bank (15 foiz) tomonidan taklif etilmoqda.
Aniqlanishicha, banklarda omonatlarni qisman yechilishi yillik foiz stavkalarini o‘zgarishiga olib keladi.
Jadval: «Review.uz»
Bundan tashqari, «Turkiston Bank», «Eron Soderat Bank» va «O‘zKDB Bank» tomonidan omonatlar mijozlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”