13:01 / 17.03.2022
1 046

AKT vazirligi TikTok vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini bildirdi

AKT vazirligi TikTok vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini bildirdi
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
16 mart kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Davlat personallashtirish markazi mas’ul xodimlari ham ishtirok etgan.

Uchrashuvda TikTok bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelayotgani ta’kidlangan. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistonda platformadan foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston qonunchiligi talablarini bajarish masalalari ham muhokama qilingan.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har xil O‘zbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini bildirgan.

Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida kompaniya vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha takliflar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. 2022 yilning fevral oyida O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklash taklif qilingandi. Bunga Adliya vaziri munosabat bildirib, axborot erkin tarqatilishi tarafdori ekanini aytgan va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligini ta’kidlagan.

2022 yilning 16 mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshladi. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AKT vazirligi TikTok vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini bildirdi