
Xorazm viloyati Shovot tumanida kam ta’minlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni va’da qilgan markaz xodimi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Shovot tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yordamchi inspektori R. fuqaro N.ga kam ta’minlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U xizmati evaziga 7 ming 600 dollar talab qilib, shundan 2 ming 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar