Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatimiz ahliga tabrik yo‘lladi.
«Men Navro‘zni O‘zbekistonda uchinchi marotaba nishonlayapman. Har yili bu ajoyib bahor bayramini orziqib kutaman. O‘zbekistonda bu bayramda qarindosh-urug‘lar, yaqin kishilar yig‘ilishib, sumalak va bahoriy sabzavotlarga boy bo‘lgan o‘ziga xos taomlar bilan zavqlanadilar, turli konsert va tadbirlar o‘tkaziladi. Ayrim viloyatlarda esa ko‘pkari musobaqalari o‘tkazilishini eshitganman», – deydi Yoshinori Fujiyama.
Diplomat o‘z tabrigida Yaponiyadagi bahorgi tengkunlik sanasi haqida ma’lumot berib o‘tgan.
«Yaponiyada bu kun bahorgi tengkunlik deb nomlanadi. Bu – tabiatni ulug‘lash va tirik mavjudotlarga g‘amxo‘rlik qilish kuni deb ataladi. Bahorning asta-sekin yaqinlashib kelishi belgilaridan bahramand bo‘lasiz. Shuningdek, bu davrda ayrim kishilar yaqinlari bilan birga ota-bobolari qabrini ziyorat qiladi. Bahorni quvonch, oila va ajdodlar haqidagi tafakkur bilan kutib olish uchun o‘ziga xos kun g‘oyasi ikkala mamlakatda ham keng tarqalgan», – deb hikoya qiladi diplomat.
Kunchiqar o‘lka elchisi joriy yil yanvar oyida Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanganini yodga olar ekan, ikki mamlakat kelajagi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidlagan.
«Keyingi 30 yil davomida biz O‘zbekiston xalqi bilan birgalikda har kuni yangi tarix yaratsak, men bundan mamnun bo‘lar edim. Yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli so‘nggi 2 yil mobaynida og‘ir vaziyat saqlanib qoldi. Ammo yaqinda men O‘zbekiston hukumati immigratsiya cheklovlarini yumshatgani haqidagi xabarni eshitdim. Buni uzun tuynuk oxirida ko‘ringan yorug‘lik kabi his qildim. Yaponiya elchisi sifatida mamlakatlarimizning porloq kelajagi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchiman», – deb xulosa yasaydi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, Yoshinori Fujiyama 2019 yil 20 sentabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...