2 022
Andijonda hokim o‘rinbosarining o‘g‘li va uning sherigi voyaga yetmagan qizga qilgan uyatsiz harakatlari uchun 4 oyga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida hokim o‘rinbosarining o‘g‘li o‘rtoqlari bilan voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani, ammo ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmayotgani haqida murojaat tarqaldi. Paxtaobod tuman sudi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Sh.I. ismli fuqaro (tuman hokimi o‘rinbosari D.X.ning o‘g‘li) va A.M. o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2021 yilning 11 may kuni soat taxminan 22:00 larda hali 16 yoshga to‘lmagan I.O.ni (2007 yilda tug‘ilgan) g‘arazli niyatda boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasida Andijon shahriga olib borgan. Ular Paxtaobod tumaniga qaytayotgan vaqtida avtomashina salonida qizga turli uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, fuqarolar Sh.I. va A.M.ga nisbatan «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat» ehtiyot chorasi qo‘llangan va jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan. Sud hukmiga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining 129-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llangan.
Jinoyat ishi O.E. (jabrlanuvchining onasi)ning murojaati bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Mazkur jinoyat ishi Oliy sud tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, apellyatsiya instansiyasi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi birinchi instansiya sudida qayta ko‘rib chiqishlik uchun JIB Toshkent shahar sudiga yuborilgan.
«Hozirda jinoyat ishi JIB Toshkent shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...