Foto: Getty Images
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra ziyoratiga bo‘lgan talab va istaklarni inobatga olib, Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 mart kuni, «Umra-2020» mavsumida safar xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan, lekin «COVID-19» pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmagan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning so‘nggi guruhlari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Shu bilan, pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmay qolgan 23 ming fuqarolarning Umra safariga yuborish ishlari to‘liq yakunlanadi.
Shu bilan birga Ramazon oyida tashkil qilinadigan Umra uchun narxlar borasida ham izoh berildi.
«O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor shirkat vakillari bilan Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borildi va belgilanadigan narx bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Ta’kidlash zarurki, Ramazon oyida Saudiya Arabistonidagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish narxlari oshayotgan bo‘lsa-da, sa’y-harakatlar natijasida Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi» - deyiladi bayonotda.
Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar taxminan 17,8 million atrofida to‘lov qilib ziyoratga ketmoqda. Umra safari uchun to‘lov miqdori bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Avvalroq, Musulmonlar idorasi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha yirik musulmon mamlakatlarga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilishi ortidan podshohlikdagi barcha servislarga talab oshgani - o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatishini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida 2020 yil to‘lov qilib, qolib ketgan ziyoratchilar qo‘shimcha 4,7 million so‘m to‘lov qilishiga to‘g‘ri kelgan edi. Musulmonlar idorasi o‘shanda umra ziyoratchilari uchun to‘lov miqdori oshirilganiga pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinishi hamda narx-navo ko‘tarilganligini sabab qilib ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...