date
views 2 522

«Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol» kimligi aniqlandi

«Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol» kimligi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘rilashga urinayotgan ayol» xaqida xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur maʼlumot haqiqatdan yiroq.

Joriy yilning 18 mart kuni Toshkent shahar IIBBga 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro P.K. murojaat qilib, Yunusobod tumanidagi bolalar bog‘chasi oldida nomaʼlum ayol kishi turganligi va o‘zini g‘alati tutayotganligi, kimni qidirayotganligi so‘ralganida adashib qolganligini maʼlum qilganligi haqida xabar bergan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida, bog‘cha oldida turgan ayol kishi 1988 yilda tug‘ilgan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi I.K. ekanligi aniqlangan.

U ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishligi, 2016 yilda o‘zi, farzandi va onasi bilan YTHga uchraganligi, ushbu YTHda onasi vafot etganligi, o‘zi esa ruhiy kasal bo‘lib qolganligi aniqlangan.

Fuqaro I.K. tomonidan bolalarni o‘g‘irlashga urinish holati bo‘lmagan, deyiladi IIBB xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol» kimligi aniqlandi