date
views 1 244

Nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari yoshlarga biriktirib qo‘yiladi

Nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari yoshlarga biriktirib qo‘yiladi
Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ma’qullandi.

Hujjatga ko‘ra, ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat, san’at va sport sohalarida yutuqlarga erishgan (tanilgan) hamda bugungi kunda nafaqada bo‘lgan ziyoli mehnat faxriylarining ro‘yxatlari «mahallabay» shakllantiriladi.

Qayd etilishicha, ularni hududlardagi ta’lim muassasalariga hamda «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyili asosida yoshlarga biriktirish orqali ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, nuroniylar jamoatchilik kengashlari va «Keksalar maslahati» guruhlari a’zolari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.

Hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari tomonidan keksalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid chora-tadbirlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Fuqarolar yig‘inlarida keksalarga ko‘mak beruvchi «Nuroniylar e’zozimizda» ko‘ngilli patronaj yoshlar guruhlari shakllantiriladi hamda ularning a’zolarini rag‘batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari yoshlarga biriktirib qo‘yiladi