
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi bilan birga mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib olgani xabar qilingandi.
Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbari hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida so‘zlab berildi.
Taʼkidlash joizki, bu xorijiy davlat rahbari tashrifi chog‘ida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan birinchi shunday marosim bo‘ldi va kelgusida anʼanaga aylanadi.












Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar