17:00 / 30.03.2022
1 112

Byuro ko‘magi bilan oilalar yarashtirilib, fuqarolarning ish bandligi hal etilmoqda

Byuro ko‘magi bilan oilalar yarashtirilib, fuqarolarning ish bandligi hal etilmoqda
Ma’lumki, joriy yilning 21-fevral- 21 mart oylari oralig‘i Byuro organlarida “aliment undiruvi oyligi deb” e’lon qilinib, bu boradagi ishlar Byuroning barcha boshqarma va bo‘limlarida ishlari yanada jadallashtirilmoqda.

Tadbirlar davomida oilalarni yarashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Qo‘ng‘irot tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 25.01.2021 yilgi sud buyrug‘iga asosan qarzdor K.Sabetdinovdan undiruvchi M.Saparniyazovaning foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ish yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor K.K.Sabetdinovdan aliment pullari o‘z vaqtida va to‘liq undirib kelingan. Bundan tashqari, joriy yilning o‘zidabo‘lim ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining ijro hujjatiga asosan 4 ta oila yarashildi.

Albatta, hech qanday aliment pullari ota va onaning o‘rnini bosa olmaydi va shu asnoda bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan sobiq turmush o‘rtoqlarni o‘zaro yarashtirish orqali oilani tiklash choralari ko‘riladi va bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini beradi.

Bundan tashqari, Byuroning Qonliko‘l tumani bo‘limi tashabbusi bilan, tegishli hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan “mehnat yarmarkasi”da jami 28 ta doimiy ish joyi bo‘lmagan qarzdorlar chaqirtirilib, tumandagi vakant ish joylari taklif qilindi va natijasi bo‘yicha 14 ta alimentdan qarzdor fuqarolar doimiy ish joyiga ega bo‘ldi.

Shu sababli, ularning aliment undiruvlari ularning ish haqilariga qaratildi.

Ma’lumot uchun, bo‘lim ish yurituvida jami 370 aliment ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ular yuzasidan individual yondashuv orqali aliment pullari undiruvchilarga oyma-oy ularning plastik kartalariga undirib berilmoqda.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 15 ta qarzdor qidiruvga berilgan bo‘lib, ularni qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Byuro ko‘magi bilan oilalar yarashtirilib, fuqarolarning ish bandligi hal etilmoqda